Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi: dehqon xoʻjaliklari uchun; qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun; tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun; 1-oktabrga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun — qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmoli normativlari boʻyicha aniqlanadi. Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi: Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno — hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay; qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay; Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay. Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari “Suv hisobi” axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning maʼlumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Soliq organlari soliq