Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin va molibden (bundan buyon ushbu moddada metallar deb yuritiladi) boʻyicha soliq bazasi ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi. Metallarni qazib olish (ajratib olish) chogʻida quyidagilar soliq bazasi boʻladi: 1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish chogʻida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanadi; 2) oltin va misni realizatsiya qilish chogʻida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq toʻlovchi oltin va mis boʻyicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli; 3) mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qoʻrgʻoshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish chogʻida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida oʻrtacha arif