Soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi. Quyidagilar soliq bazasidir: agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati; qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati. Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha hisob-kitob qilinadi. Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma boʻyicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga boʻlish orqali alohida aniqlanadi. Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib