Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi. Yer qaʼri uchastkasidan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega boʻlgan, avval qidiruv oʻtkazilgan yer qaʼri uchastkasida alohida obyektlar boʻyicha metallarni yoxud uglevodorod xom ashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga qoʻyilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq toʻlovchi soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.