Soliq kodeksi 465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq bazasi boʻlib, ularning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan jami daromadi hisoblanadi. Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda oʻzining yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat koʻrsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining oʻzidan yaqqol kelib chiqmasa, koʻrsatishi shart. Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan bir milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha toʻlov tashkilotlari soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha yuridik shaxslardan olgan bir milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha ushbu yuridik shaxslar soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻlashi lozim boʻlgan soliq yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarining xabarnomasi asosida toʻlov manbaida ushlab qolinadi. Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilganidan boshqa hollarda, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarni toʻlash va hisobotlarni taqdim etish ishlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga nisbatan ushbu Kode