Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun shartnoma tomonlari huquq va majburiyatlarining asos aktivlarga nisbatan taqsimlanishi boʻyicha va tomonlar majburiyatlarining bajarilishiga toʻgʻri keladigan sana koʻrsatilgan shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga va (yoki) chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq shartnoma talablari boʻyicha sud himoyasi lozim boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun oʻsha shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb eʼtirof etilmaydi. Mazkur shartnoma tufayli koʻrilgan zararlar soliq solishda hisobga olinmaydi. Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi deganda muddatli bitimning predmeti tushuniladi. Asos aktiv sifatida, jumladan chet el valyutasi, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, foiz stavkalari, kredit resurslari, narx yoki foiz stavkalarining indekslari, muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari ishtirok etishi mumkin. Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning ishtirokchilari deganda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini asos aktivlarni yetkazib berish yoʻli bilan, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha uzil-kesil oʻzaro hisob-kitobni amalga oshirish yoʻli bilan yoxud muddatli bitimning moliyaviy vositasi bilan ilgari amalga oshirilgan operatsiyaga muddatli bitim ishtirokchisi tomonidan qarama-qarshi operatsiyani amalga oshirish yoʻli bilan bajarish muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha huquqlar va majburiyatlarning bajarilishi deb eʼtirof etiladi. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir, asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiyalar uchun qarama-qarshi yoʻnalishdagi operatsiya deb — asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya, asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya uchun esa —