Soliq kodeksi 53-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari

Qimmatli qogʻozlarni qarzga berish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. Ushbu Kodeks qoidalari soliq toʻlovchining vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan tegishli fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida uning hisobidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalariga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlarning qarz shartnomasida foizlar pul shaklida toʻlanishi nazarda tutilishi kerak. Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlarida belgilanadi. Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarz shartnomasi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud boʻlmagan taqdirda esa, hisob-kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qogʻozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz oluvchiga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning boshlanish sanasi boʻladi, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning tugash sanasi boʻladi. Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlar tarzida berilgan (olingan) qarz shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak. Agar qarz shartnomasida qimmatli qogʻozlarni qaytarish muddati belgilanmagan boʻlsa yoki mazkur muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa (ochiq sanali qarz shartnomasi) va qarz boshlangan sanadan eʼtib