Soliq kodeksi 63-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma

Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 62-moddasida belgilangan shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda hisoblab chiqarish hamda toʻlash maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashadi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi qoidalar boʻlishi kerak: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning predmeti; 2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning roʻyxati va rekvizitlari; 3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning nomi; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari ushbu guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu bobga muvofiq oʻtkazadigan vakolatlar roʻyxati; 5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi va boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan majburiyatlarni bajarish hamda huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik; 6) agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga tuzilayotgan boʻlsa, kalendar yillarda hisoblanadigan muddat yoxud bu guruh qancha muddatga tashkil etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini koʻrsatish; 7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi boʻyicha ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq bazasini aniqlash va foyda soligʻini toʻlash uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar. Bunda tanlangan koʻrsatkichlar soliq toʻlovchila