Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 1) tashkil etilayotgan konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza; 2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning ikkita nusxasi; 3) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi , beshinchi , yettinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar. Bunday hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu Kodeks 62-moddasi yettinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan soliqlarni toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomalarining (soliq organining bu soliqlar boʻyicha hisobga olish amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxalari), guruh ishtirokchilaridan har biri uchun oldingi kalendar yildagi buxgalteriya balanslari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarning koʻchirma nusxalari kiradi; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda soligʻi hisoblanadigan va toʻlanadigan soliq davridan oldingi yilning 30-oktabridan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq organiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazadi yoki u