Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda oʻzgartirilishi mumkin. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma taraflari quyidagi hollarda mazkur shartnomaga oʻzgartishlar kiritishi shart: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda; 2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan bir yoki bir nechta yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, ajratib chiqarish yoki boʻlish shaklida) qaror qabul qilinganda; 3) bir yoki bir nechta yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga qoʻshib olinganda; 4) yuridik shaxs mazkur Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob bermay qolgan hollarda, ushbu yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhidan chiqib ketganda; 5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar, agar ular ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsa, shu konsolidatsiyalashgan guruh tarkibiga kiritilishi shart. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim shunday guruhning barcha ishtirokchilari tomonidan yangidan qoʻshib olinayotgan ishtirokchilarni qoʻshib hisoblaganda va guruhdan chiqayotgan ishtirokchilarni istisno etgan holda qabul qilinadi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq organiga quyidagi mud