Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari quyidagilarga haqli: 1) konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisidan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan masʼul ishtirokchiga taqdim etilgan hujjatlar, qarorlar, talabnomalar, solishtirma dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning koʻchirma nusxalarini olish; 2) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish; 3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarish; 4) masʼul ishtirokchida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda, shuningdek bunday soliq tekshiruvlarining materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etish. Ushbu Kodeksning 62-moddasida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlgan bunday guruh ishtirokchisi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati mobaynida oʻzining ushbu guruhdagi ishtirokini ixtiyoriy ravishda tugatishga haqli emas. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani va unga oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha harakatlarni amalga oshirishi hamda barcha hujjatlarni taqdim etishi; 2) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlarini bajarish va