Soliq stavkasi soliq bazasining oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi. Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.