Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi. Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat boʻlishi mumkin. Kalendar yil soliq davri hisoblanadigan soliqlarga nisbatan ushbu qismning qoidalari mazkur moddaning toʻrtinchi — oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi. Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1-dekabriga qadar tashkil etilgan boʻlsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan eʼtiboran shu yilning oxiriga qadar boʻlgan davr birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar yuridik shaxs 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan boʻlsa, tashkil etilgan kundan eʼtiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb eʼtirof etiladi. Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etgan hamda faoliyati bunday eʼtirof etish sanasida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qoʻllanilmaydi. Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha boʻlgan davr oxirgi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1-dekabrida