Soliq kodeksi 75-modda. Soliq imtiyozlari

Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliq imtiyozlari deb eʼtirof etiladi. Soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi. Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas. Ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan, foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu moddaning yettinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida toʻxtatib turishga haqli, bundan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliq so