Banklar soliq toʻlovchining pul mablagʻlari hisobidan soliqni budjet tizimiga oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq toʻlovchining topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliq organining soliqni budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart. Soliq toʻlovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat boʻyicha bajarilishi lozim. Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank tomonidan bajariladi. Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlgan va toʻlov hujjatida rekvizitlari toʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda bank soliq toʻlovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas. Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlarining yoʻqligi (yetarli emasligi) sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarishning imkoni boʻlmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) toʻgʻrisida xabar qilishi shart. Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) toʻgʻrisidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron shaklda uzatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Javobgarlik choralarining qoʻllanilishi bankni soliq toʻlovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. Ban