Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki

Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini koʻzdan kechirish, xatlash, olib qoʻyish va berish bilan bogʻliq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga koʻra chaqiriladi. Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor boʻlmagan va oʻzaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh boʻlmagan, bir-biriga boʻysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam boʻlmasligi kerak.