Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 38-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi masalalarning sud yoki davlat ijrochisi tomonidan koʻrib chiqilishi

Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual , Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi , 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida boʻlsa, oʻsha davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishni yoki tugatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran darhol ijro etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida bu haqda unga maʼlum boʻlgan vaqtdan eʼtiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala