Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan undiruv (talab) amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi: 1) undiruvchining arizasiga koʻra; 2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish mumkin boʻlmasa, bundan ushbu Qonunda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar, shuningdek Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri maʼlumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasida (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno; 3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa, bundan Majburiyatlar reyestrida saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno; 4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini oʻziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni oʻziga olish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining taklifi boʻyicha oʻz qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa; 5) agar undiruvchi oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, shu jumladan ijro hujjatida koʻrsatilgan, qarzdordan olib qoʻyilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa. Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻ