Ijro ishini yuritish: 1) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari aniqlanganda; 2) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishini yuritishni tugatish uchun asoslar yuzaga kelganda; 3) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining qonunga xilof va asossiz qarorlari bekor qilinganda; 4) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qayta tiklanadi. Ijro ishini yuritish qayta tiklanganda davlat ijrochisi darhol bu haqda qaror chiqaradi va majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi.