Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash toʻgʻrisidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon koʻrgan shaxslarga zararni toʻlash, zararni davlat foydasiga undirish toʻgʻrisidagi, shuningdek bolani olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorning turgan joyi haqida maʼlumotlar boʻlmaganda, davlat ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga koʻra qarzdorni qidirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Ijro hujjatlarining boshqa turlari boʻyicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda koʻrsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq boʻnak toʻlash uchun undiruvchining roziligi boʻlgan taqdirda qidiruv eʼlon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini toʻlashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir. Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) eʼlon qilinadi. Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin. Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish boʻyicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdo