Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 43-1-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablagʻlari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 43²-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllanilishi mumkin. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan maʼmuriy jarimalarni, soliq qarzini, davlat bojini, pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan qarzdorlikni, koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish toʻgʻrisidagi va darhol ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari mustasno. Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan masofadan turib amalga oshiriladi. Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8 va 8³-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi. Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 22¹-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi. Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabar