Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin: koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi; yer uchastkasiga boʻlgan huquq; intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq; qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi. Qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.