Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 50-modda. Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga qaratish

Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu jumladan uning chet el banklaridagi pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.