Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 63-modda. Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va ularning asosiy shartlari

Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlangʻich) bahosi koʻrsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi: ijro hujjatining koʻchirma nusxasi; mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining koʻchirma nusxasi; mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻgʻrisidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati koʻrsatilgan sud qarorining koʻchirma nusxasi; mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar. Koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: ijara shartnomasining koʻchirma nusxasi; ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi; ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan boʻlsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz oʻtkazish imkonini beruvchi hujjat. Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi; tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining koʻchirma nusxasi. Yer uchastkasini va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huqu