Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 67-modda. Undiruvni jazoni oʻtayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish

Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari boʻyicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga koʻra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining toʻliq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim. Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.