Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas: mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli koʻrilgan zararni toʻlash summalariga; xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida mayib boʻlgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan summalarga; bola tugʻilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga; aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan summalarga; mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun toʻlanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya taʼsiriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda toʻlanadigan summalarga; homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa summalariga; dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga; qisman haq toʻlanadigan taʼtil davrida bolani parvarishlash uchun toʻlanadigan summalarga; bola tugʻilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan toʻlanadigan summalarga; xizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga; mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi tariqasida toʻlanadigan summalarga.