Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 72-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish

Xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan boʻlsa, darhol ijro etiladi. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish haqidagi oʻzining noqonuniy farmoyishini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qoʻyilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.