Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 89-1-modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish

Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq taʼminlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qoʻyishga faqat sud qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi. Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yuritadi.