Sudlar toʻgʻrisida 10-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.