Sudlar toʻgʻrisida 2-modda. Sud tizimi

Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari; fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo iqtisodiy sudlar; tumanlararo maʼmuriy sudlardan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga koʻra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda tashkil etiladigan ixtisoslashgan sud mazkur Qonunda belgilangan sud tizimiga kirmaydi hamda uning faoliyati ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.