Sudlar toʻgʻrisida 21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, lekin toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Qonunchilikni qoʻllash masalalariga doir qarorlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.