Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.