Sudlar toʻgʻrisida 34-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining rayosati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sudning raisi tomonidan imzolanadi.