Sudlar toʻgʻrisida 36-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari: oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya boʻyicha koʻradi; ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻradi; sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi; sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; sud statistikasini tahlil qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.