Sudlar toʻgʻrisida 38-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari: tegishli sudlov hayʼati ishini tashkil etadi; tegishli sudlov hayʼati majlislarida raislik qiladi; sud rayosatiga tegishli sudlov hayʼati faoliyati toʻgʻrisida maʼruzalar taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.

4-bob. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi. Tumanlararo iqtisodiy sud