Sudlar toʻgʻrisida 69-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tavsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi. Viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoki kelishib olinadigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan va benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan shaxslar, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda oʻqitilmagan holda ilk bor sudyalik lavozimlariga tayinlanishi mumkin. Sudyani lavozimga tayinlash tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.