Sudlar toʻgʻrisida 76-modda. Sudyaga nisbatan qoʻllaniladigan intizomiy jazo choralari

Sudyalarning malaka hayʼati intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyaga quyidagi intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashi mumkin: ogohlantirish; hayfsan; oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima; malaka darajasini bir pogʻonaga pasaytirish; vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish. Intizomiy jazo choralari qoʻllanilayotganida qoidabuzarlikning xususiyati va oqibatlari, nojoʻya xatti-harakatning ogʻir-yengilligi, sudyaning shaxsi, aybdorlik darajasi inobatga olinadi.