Sudyaning hayoti va sogʻligʻi davlatning maxsus muhofazasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurta qilinadi. Quyidagi hollarda sugʻurta kompaniyalari (sugʻurtalovchilar) sugʻurta summalarini toʻlaydi: sudya ishlayotgan davrida yoki vakolatlari muddati tugaganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor boʻlgan mayibligi yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga — sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida; sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida; sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yoʻqolishiga olib kelmaydigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida. Sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har oyda toʻlanadi. Sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor boʻlgan mayiblik yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga sudya ish haqining ularning hissasiga toʻgʻri keladigan qismi va boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya oʻrtasidagi farq tarzidagi