Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 13-modda. Sugʻurtalovchi

Tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs sugʻurtalovchi deb eʼtirof etiladi. Sugʻurtalovchilar sugʻurtani amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.