Sugʻurta agenti quyidagi huquqlarga ega: sugʻurtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sugʻurtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha ham vositachilik faoliyatini amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno sugʻurtaga qabul qilinayotgan sugʻurta tavakkalchiligini baholashda, sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashda va sugʻurta qildiruvchining sugʻurta mukofotini toʻliq hajmda hamda sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlashida zarur koʻmak koʻrsatish; litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sugʻurta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligiga va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida sugʻurtalovchidan maʼlumotlar olish; sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish; sugʻurta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga toʻliqroq axborot berish maqsadida hamma uchun ochiq boʻlgan manbalardan tavakkalchilik va sugʻurta qildiruvchi haqida sugʻurta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda maʼlumotlar toʻplash. Sugʻurta agenti qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Sugʻurta agenti: sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; sugʻurta shartnomasini tuzish va sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash chogʻida hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirishga koʻmaklashishi; sugʻurta tariflari, sugʻurtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sugʻurta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sugʻurta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida axborotga ega boʻlishi; sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirish chogʻi