Aktuar tashkilot quyidagilarni oʻz ichiga oladigan aktuar xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir: sugʻurta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitoblarini amalga oshirishni, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sugʻurta majmui boʻyicha zarar yetkazilishining takroriyligini va uning oqibatlarining ogʻirlik darajasini belgilashni; sugʻurtalovchining zarur sugʻurta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilishni, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqishni; sugʻurtalovchining investitsiyalar sifatida toʻplangan badallardan foydalanishida kapital qoʻyilma normasi va netto-stavka miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga imkon beradigan tarzda aniqlashni; sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilar kapitalining yetarlilik koʻrsatkichini hisoblashni, shuningdek aktivlar sifatini taʼminlash mexanizmlarini belgilashni; sugʻurta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslashni va sugʻurta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilishni; sugʻurtaning (qayta sugʻurtaning) har bir turi boʻyicha tarif stavkalarini sugʻurtalovchilar uchun ularni oʻtkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilashni; sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholashni; sugʻurtalovchining daromadlarini sugʻurtaning (qayta sugʻurtaning) har xil turlari boʻyicha rejalashtirishni; aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni; sugʻurta bilan bogʻliq boshqa aktuar xizmatlarini koʻrsatishni. Aktuar tashkilot oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Aktuar tashkilotning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq toʻlov asosida faqat aktuar xizmatlarini koʻrsatishi mumkin