Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 25-modda. Sugʻurta syurveyerining huquq va majburiyatlari

Sugʻurta syurveyeri: xizmatlar koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini yoki sugʻurta qildiruvchini erkin tanlashga; sugʻurta obyektini oʻrganish uchun sugʻurta qildiruvchidan yoki sugʻurtalovchidan zarur axborotni soʻrashga va olishga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sugʻurta obyektlariga daxldor boʻlgan boshqa tashkilotlardan zarur maʼlumotlarni soʻrashga va olishga haqli. Sugʻurta syurveyeri qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Sugʻurta syurveyeri: sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; sugʻurta ekspertizasini oʻtkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi; mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi; qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart. Sugʻurta syurveyerining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.