Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 26-modda. Assistans

Assistans sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sugʻurtalovchilarga sugʻurta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy koʻmak beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Assistans oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. Assistans oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Assistansning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Assistans xizmatlariga sugʻurta qildiruvchilarning (sugʻurtalangan shaxslarning) ishtirokisiz faqat sugʻurtalovchilar tomonidan haq toʻlanadi. Assistans: sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta operatsiyalarini oʻtkazishga; sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas.