Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: alohida boʻlinma — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali; sugʻurta — muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, tovonlar va boshqa toʻlovlar toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar; sugʻurta badali — sugʻurta mukofotining sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, miqdorlarda va shartlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan bir qismi; sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan sugʻurta uchun toʻlov; sugʻurta summasi — muayyan summa boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasi boʻyicha ushbu summa doirasida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi; sugʻurta tavakkalchiligi — taxmin qilinayotgan voqea boʻlib, ushbu voqea yuz bergan taqdirda sugʻurta amalga oshiriladi; sugʻurta tarifi — sugʻurta obyektini va sugʻurta tavakkalchiligining xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadigan, shuningdek sugʻurta shartlariga muvofiq sugʻurta summasi birligidan olinadigan sugʻurta mukofoti stavkasi; sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi; sugʻurta turi — sugʻurta tashkiloti tomonidan bir yoki bir nechta sugʻurta klasslari doirasida ishlab chiqilgan va taqdim etiladigan aniq sugʻurta xizmati; sugʻurta faoliyati — sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining sugʻurtani va qayta sugʻurtani amalga oshirish bilan bo