Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 33-1-modda. Sugʻurta polisi

Sugʻurta shartnomasiga yoki sugʻurta qoidalariga asosan belgilangan sugʻurta mukofotining toʻlanganligini va sugʻurtalovchining sugʻurtaga oid majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat sugʻurta polisi hisoblanadi. Sugʻurta mukofoti toʻlanmasdan sugʻurta polisi berilgan hollarda sugʻurtalovchi sugʻurtaga oid majburiyatlar bajarilishini toʻliq taʼminlashi lozim.