Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning), sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari, basharti ular ushbu Qonunda belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlsa, tayinlanadi. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) va sugʻurta brokeri nomzodning ushbu Qonunda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni nomzod vakolatli davlat organiga sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining, shuningdek ularning alohida boʻlinmalarining rahbari yoki bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanguniga qadar taqdim etishi shart. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning), sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalari rahbarlarining va bosh buxgalterlarining malaka talablariga muvofiqligini aniqlash tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.