Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining alohida boʻlinmasi rahbari quyidagi malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak: oliy maʼlumotga ega boʻlish; sugʻurta sohasida kamida bir yillik ish stajining (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining alohida boʻlinmasi bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak: oliy (buxgalterlik, auditorlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlish; buxgalter sifatida kamida bir yillik ish stajining mavjudligi.