Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 44-modda. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasi bekor boʻlishining oʻziga xos xususiyatlari

Litsenziya bekor qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida vakolatli davlat organi sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi shart. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ilgari faoliyat koʻrsatgan boshqaruv organlarining vakolatlari toʻxtatib turiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadigan muvaqqat maʼmuriyatga oʻtadi. Muvaqqat maʼmuriyat oʻz faoliyatini sud qaror chiqarguniga qadar boʻlgan davrda amalga oshiradi. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti vakolatli davlat organiga va sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) tugatish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining arizasi yuborilgan sudga taqdim etiladi. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) muvaqqat maʼmuriyati oʻz faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, bundan sugʻurtalovchining boshqaruv xarajatlari (maʼmuriy xarajatlari), sugʻurtalovchiga (qayta sugʻurtalovchiga) kelib tushayotgan pullarni hisobga olish va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta hodisalari yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash bilan bogʻliq operatsiyalar mustasno. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) muvaqqat maʼmuriyatining ish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida belgilangan qoidalar sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) arizasiga binoan litsenziya bekor boʻlishi hollariga nisbatan, shuningdek sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) taʼsischilarining yoxud taʼsis hujjatlarida shunga vakolat berilgan ushbu sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqaruv organining qaroriga koʻra qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda tatbiq etilmaydi. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) litsenziyasini ixtiyoriy bekor qilishga oid, shuningdek sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) taʼsischilarining yoxud taʼsis hujjatlarida shunga vak