Sugʻurta majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash uchun sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda milliy valyutada ham, chet el valyutasida ham toʻlangan sugʻurta mukofotlaridan sugʻurta zaxiralarini shakllantiradi va joylashtiradi. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) oʻz sugʻurta zaxiralariga muvofiq boʻlgan aktivlari olib qoʻyilmaydi.