Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi oʻz salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, oʻz salomatligini atrof muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega. Ana shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.